Skip to main content

Academia. edu sayti haqida mening malumotlarimni eshiting.

 Assalomu alaykum hammaga. Men Moxt 2guruhi talabasi Dilnura Ozodova boʻlaman. Bugungi yozgan postim academia. edu sayti haqida. Ustoz aytgan paytlarida bu ham vayant tools singari qiyin va murakkab boʻlsa kerak deb oʻylagan edim😅 Aslida men oʻylaganimdek qiyin emas ekan. Ustoz bizga 3ta topshiriq berdilar va bu topshiriqlar toʻliq bajarilgach ,2ta balldan qoʻyishini aytdilar. Biz esa ishga kirishib ketdik. Bizga yuklatilgan vazifalar quyidagilardan iborat edi:

Universitetimizdan 5 ta o‘qituvchi

Chet eldan 5ta oʻqituvchi 

– Guruhimizdan 10 ta kursdoshlar


ularni follow qilishimiz va ular ham bizga follow qaytarishi kerak edi. Bu vazifa tufayli xona vapshee shovqun boʻlib ketdi. Hamma har joyga yugurgan menga follow bos desa oldin sen bos degan gaplarga toʻlgan edi😆😂. Vazifani bajardim va men 2 ball qoʻlga kiritdim🥳😎. Oldin murakkab tuyulgan bu platforma hozir manga yoqib qoldi. Men oʻzimizning kursdoshimiz MOXT-1guruhi talabasi Samira Toʻlganovaning Islomgacha boʻlgan davrda turkiylarning ijtimoiy siyosiy hayotida ayollarning tutgan oʻrni haqida yozilgan maqolasini oʻqib chiqdim. Bu platformada etiborimni tortgan yana bir ilmiy tadqiqotchi bu Boris Orekhonov sahifasi boʻldi. U Milliy Tadqiqot Universiteti Oliy Iqtisodiyot Maktabining Gumanitar fanlar fakultetining oʻqituvchisi ekan 🥳.Shuningdek, u bir nechta ilmiy muassasalarda faoliyat yuritadi:

— Vinogradov Rus Tili Institutida korpus lingvistikasi va lingvistik poetika bo‘yicha postdok tadqiqotchi,

— Bashkir Davlat Universiteti Filologiya bo‘limida ham fakultet a’zosi.

Profilida uning ilmiy qiziqishlari ham keltirilgan:

• Filologiya

• Kompyuter fanlari

• Qiyosiy adabiyotshunoslik

• Rus adabiyoti 


Shu oʻrinda rasmlarini ham joylashni maqul deb topdim.

Agar toʻgri tarjima qilgan boʻlsam shunday😊. Bu kishini 24mingdan ortiq kishi kuzatarkan😮. Oʻzimizning raqamli tarix ustozimiz Toʻychi Taylaqov ham shular qatorida bor.😌U yuzlab ilmiy izlanishlar olib borganligi uning faol ilmiy hayot kechirganini koʻrsatadi. Umuman olganda, Academia.edu orqali bu kabi olimlarning ilmiy faoliyati bilan tanishish men uchun juda foydali bo‘lyapti. Shu orqali dunyoning turli universitetlaridagi tadqiqotchilar bilan yaqindan tanishib, ilmiy doiram kengayib bormoqda. Academia.edu platformasidan foydalanish davomida men ilmiy ma’lumot izlash, maqolalar topish va turli olimlar faoliyati bilan tanishish anchayin qulay ekanini angladim.  Va yana oʻzimizning universitet oʻqituvchilarini ham ilmiy ishlariga qiziqdim. Bular qatorida Alisher Doniyorov,Bobur Odilov ,Toʻychi Taylaqov  Mirsodiq Ishoqov va boshqalar bor . Bular orasidan raqamli tarix ustozimizning ilmiy tadqiqot yoʻnalishi Isroil Falastin etnik tarixi ekanligini bilib oldim. Bu platforma manga judayam yoqdi🤭

Bu sayt haqida malumot bergan va bizni yoʻnaltirgan ustozimizga rahmat. 

Comments

  1. Men bu odamga juda qizqaman va taniyman ham lekin bunaqangi m'alumotlarni bilmasdim

    ReplyDelete
  2. Lekin to'g'ri aytdiz bizga Raqamli Tarix fani qo'yilmaganda bumaqangi sayt haqida ma'lumotga ega bo'lmasdik ega bo'lsakda kechroq bo'ardi

    ReplyDelete
  3. Izohga hojat yoʻq 👍 saviyangiz ancha oʻsibdi avvalgi yozgan bloglaringiz juda oddiy edi hozirgisi esa ancha creative tarzda yozilgan

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning