Biz Moxt yoʻnalishi 2kurs talabalari raqamli tarix darsida Blogger. com haqida malumotlarga ega boʻlib bormoqdamiz. Blogger.com sayti Google tomonidan taqdim etilgan bepul platforma hisoblanadi. Bu yerda siz o‘z blogingizni ochishingiz, turli mavzularda maqolalar, yangiliklar, hikoyalar, darsliklar va boshqa kontent yaratishingiz mumkin. Shuningdek, postlaringizga rasm, video va havolalarni qo‘shish imkoniyati mavjud. Blogger.com sizga tayyor shablonlardan foydalanish imkonini beradi. Rang, fon, menyu va joylashuvlarni o‘zgartirib, blogingizni shaxsiylashtirishingiz mumkin. Blogger.com Google xizmatlari bilan to‘liq integratsiyalangan.
Siz blogingiz orqali AdSense yordamida daromad olishingiz, Analytics orqali blog statistikangizni kuzatishingiz va Search Console bilan Google’da indekslashni yaxshilashingiz mumkin. Platforma yordamida blogingizga nechta kishi tashrif buyurganini, qaysi mamlakat va qurilmadan kirilganini, qaysi maqolalar eng ko‘p o‘qilganini kuzatishingiz mumkin. Blogger.com’da postlarni oldindan rejalashtirish, shaxsiy, yopiq yoki barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qilish, shuningdek, kommentlarni boshqarish imkoniyati mavjud.Rasmda biz krusdoshlarimiz bilan Blogger.com saytida postlarimizni qo‘yayotganimiz va bir-birimizni kuzatayotganimizni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, MOXT 1-guruhi talabasi Abduqahhorov Sardorning 13ta ta post qo‘yib, yetakchilik qilayotganini koʻrishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Blogger.com — o‘z fikrlarini internetga chiqarishni, blog yuritishni yoki kichik sayt yaratishni istaganlar uchun ideal platforma. Bepul, oson ishlatiladigan va Google bilan integratsiyalangan platforma hisoblanadi.

Zoʻr omad
ReplyDeleteOma zoʻr yozibsiz
ReplyDeleteYahshi ekan
ReplyDelete