Skip to main content

Blogger.com

  Biz Moxt yoʻnalishi 2kurs talabalari raqamli tarix darsida Blogger. com haqida malumotlarga ega boʻlib bormoqdamiz. Blogger.com sayti Google tomonidan taqdim etilgan bepul platforma hisoblanadi. Bu yerda siz o‘z blogingizni ochishingiz, turli mavzularda maqolalar, yangiliklar, hikoyalar, darsliklar va boshqa kontent yaratishingiz mumkin. Shuningdek, postlaringizga rasm, video va havolalarni qo‘shish imkoniyati mavjud. Blogger.com sizga tayyor shablonlardan foydalanish imkonini beradi. Rang, fon, menyu va joylashuvlarni o‘zgartirib, blogingizni shaxsiylashtirishingiz mumkin. Blogger.com Google xizmatlari bilan to‘liq integratsiyalangan. 

Siz blogingiz orqali AdSense yordamida daromad olishingiz, Analytics orqali blog statistikangizni kuzatishingiz va Search Console bilan Google’da indekslashni yaxshilashingiz mumkin. Platforma yordamida blogingizga nechta kishi tashrif buyurganini, qaysi mamlakat va qurilmadan kirilganini, qaysi maqolalar eng ko‘p o‘qilganini kuzatishingiz mumkin. Blogger.com’da postlarni oldindan rejalashtirish, shaxsiy, yopiq yoki barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qilish, shuningdek, kommentlarni boshqarish imkoniyati mavjud.

Rasmda biz krusdoshlarimiz bilan Blogger.com saytida postlarimizni qo‘yayotganimiz va bir-birimizni kuzatayotganimizni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, MOXT 1-guruhi talabasi Abduqahhorov Sardorning  13ta ta post qo‘yib, yetakchilik qilayotganini koʻrishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Blogger.com — o‘z fikrlarini internetga chiqarishni, blog yuritishni yoki kichik sayt yaratishni istaganlar uchun ideal platforma. Bepul, oson ishlatiladigan va Google bilan integratsiyalangan platforma hisoblanadi.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning