Skip to main content

Gapminder haqida sizlar uchun

 Gapminder jamg‘armasi 2005-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – odamlarning dunyo haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini faktlarga asoslangan ma’lumotlar orqali o‘zgartirishdir. Gapminderning bosh g‘oyasi shundan iboratki, ko‘pchilik insonlar dunyo rivojlanishidagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlardan bexabar, hanuzgacha “boy” va “kambag‘al” mamlakatlar bo‘linishiga asoslangan eskirgan qarashlardan foydalanishadi. Platforma esa rasmiy global statistika yordamida dunyodagi haqiqiy holatni interaktiv grafiklar orqali ko‘rsatadi.



Platformada keltirilgan barcha ma’lumotlar ochiq bo‘lib, ularni yuklab olish mumkin. Ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), UNICEF, UNDP va  milliy statistika agentliklari kabi 

tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi. Shu sababli Gapminderdagi ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlar uchun ishonchli manba hisoblanadi.



Ushbu platforma orqali siz davlat haqida qanchalik malumotga egasiz yoki tasavvuringiz qay daraja ekanligini bilib olishingiz mumkin.  Dastlab qit’a soʻng kichikroq mintaqa tanlaysiz keyin esa bir davlatni . Hozir buni sizlarga rasmlar orqali ham tushuntiraman:













Gapminderning yana bir noodatiy va juda qiziqarli bo‘limi - Dollar Street. Bu bo‘lim dunyoning turli davlatlaridagi oilalarning hayot tarzini real suratlar orqali taqqoslaydi. Oilalarning oylik daromadi asosiy mezon bo‘lib, daromad kam yoki ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar, ular qanday yashashi, uy-joyi, oshxonasi, kiyimlari, o‘yinchoqlari, hatto tish cho‘tkasigacha fotosuratlar yordamida ko‘rsatilgan.





Dollar Streetning afzalligi:

 1. “boy-kambag‘al” tushunchasi real hayotiy misollar bilan ko‘rsatiladi

 2.jamiyatdagi stereotiplar bartaraf etiladi

 3.dunyo aholisining turmush darajasi haqidagi aniq tasavvur shakllanadi

 4.ta’lim jarayonida juda qulay vizual material sifatida foydalanish mumkin.






Gapminder.org bugungi kunda dunyoni tushunishni istagan har bir kishi uchun eng qulay va ishonchli platformalardan biridir. U nafaqat statistik ma’lumotlarni taqdim etadi, balki ularga to‘g‘ri va ilmiy yondashishni o‘rgatadi. Interaktiv grafikalar, real hayot fotosuratlari, o‘quv materiallari va ochiq ma’lumotlar bazasi yordamida foydalanuvchi dunyo rivojlanishidagi asosiy tendensiyalarni chuqur tahlil qila oladi. Gapminderning asosiy maqsadi -noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etish, global jarayonlarga faktlarga asoslangan yondashuvni shakllantirishdir. Shu bois, platforma talaba, o‘qituvchi, tadqiqotchi va keng jamoatchilik uchun muhim ma’lumot manbasi sifatida xizmat qiladi.



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning