Gapminder jamg‘armasi 2005-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – odamlarning dunyo haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini faktlarga asoslangan ma’lumotlar orqali o‘zgartirishdir. Gapminderning bosh g‘oyasi shundan iboratki, ko‘pchilik insonlar dunyo rivojlanishidagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlardan bexabar, hanuzgacha “boy” va “kambag‘al” mamlakatlar bo‘linishiga asoslangan eskirgan qarashlardan foydalanishadi. Platforma esa rasmiy global statistika yordamida dunyodagi haqiqiy holatni interaktiv grafiklar orqali ko‘rsatadi.
Platformada keltirilgan barcha ma’lumotlar ochiq bo‘lib, ularni yuklab olish mumkin. Ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), UNICEF, UNDP va milliy statistika agentliklari kabi
tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi. Shu sababli Gapminderdagi ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlar uchun ishonchli manba hisoblanadi.
Ushbu platforma orqali siz davlat haqida qanchalik malumotga egasiz yoki tasavvuringiz qay daraja ekanligini bilib olishingiz mumkin. Dastlab qit’a soʻng kichikroq mintaqa tanlaysiz keyin esa bir davlatni . Hozir buni sizlarga rasmlar orqali ham tushuntiraman:
Gapminderning yana bir noodatiy va juda qiziqarli bo‘limi - Dollar Street. Bu bo‘lim dunyoning turli davlatlaridagi oilalarning hayot tarzini real suratlar orqali taqqoslaydi. Oilalarning oylik daromadi asosiy mezon bo‘lib, daromad kam yoki ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar, ular qanday yashashi, uy-joyi, oshxonasi, kiyimlari, o‘yinchoqlari, hatto tish cho‘tkasigacha fotosuratlar yordamida ko‘rsatilgan.
Dollar Streetning afzalligi:
1. “boy-kambag‘al” tushunchasi real hayotiy misollar bilan ko‘rsatiladi
2.jamiyatdagi stereotiplar bartaraf etiladi
3.dunyo aholisining turmush darajasi haqidagi aniq tasavvur shakllanadi
4.ta’lim jarayonida juda qulay vizual material sifatida foydalanish mumkin.
Gapminder.org bugungi kunda dunyoni tushunishni istagan har bir kishi uchun eng qulay va ishonchli platformalardan biridir. U nafaqat statistik ma’lumotlarni taqdim etadi, balki ularga to‘g‘ri va ilmiy yondashishni o‘rgatadi. Interaktiv grafikalar, real hayot fotosuratlari, o‘quv materiallari va ochiq ma’lumotlar bazasi yordamida foydalanuvchi dunyo rivojlanishidagi asosiy tendensiyalarni chuqur tahlil qila oladi. Gapminderning asosiy maqsadi -noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etish, global jarayonlarga faktlarga asoslangan yondashuvni shakllantirishdir. Shu bois, platforma talaba, o‘qituvchi, tadqiqotchi va keng jamoatchilik uchun muhim ma’lumot manbasi sifatida xizmat qiladi.
Zo'r
ReplyDelete🔥
ReplyDelete🔥🔥🔥🔥🔥🔥
ReplyDeleteAjoyib ma‘lumotlar bergansiz
ReplyDeleteIzoh uchun tashakkur
DeleteZor malumot berdingiz
ReplyDeleteYoqqan bolsa xursandman
DeleteBatafsil maʼlumot beribsiz🔥🔥🔥
ReplyDeleteRaxmat
DeleteAjoyib
ReplyDelete