Men Moxt 2 guruhi talabasi Dilnura Ozodova, raqamli tarix fanida ilk bor Omeka.net platformasi bilan tanishdim. Avvaliga sayt menga mutlaqo yangi edi va uning ishlash tartibi haqida tushuncham yo‘q edi. Dars davomida
ustozimiz platformaning elektron arxiv yaratish, raqamli kutubxona tuzish va tarixiy materiallarni tartib bilan joylashtirish uchun juda qulay ekanini tushuntirdi.Seminar mashg‘ulotida biz mustaqil ravishda ishlashni sinab ko‘rdik. Eng birinchi vazifa Omeka.net’da akkaunt yaratish edi. Kursdoshlarimning bir qismi eski Gmail bilan kirishga harakat qilib muammoga duch keldi, yangi pochta bilan ro‘yxatdan o‘tganlar esa bemalol kira oldi. Shundan so‘ng ustozimiz items yaratishni va ularni kollektsiyaga qo‘shishni ko‘rsatdi. Har bir faylga nom, tavsif, sanasi va boshqa ma’lumotlarni qo‘shish juda oson edi, bu esa tartibli kollektsiya yaratishga yordam berdi. Mening vazifam Temuriylar davri bilan bog‘liq materiallardan iborat kollektsiya tayyorlash edi. Xaritalar, izohlar va boshqa tarixiy ma’lumotlarni bir joyga jamlash orqali platformaning afzalliklarini his qildim. Bu tajriba menga nafaqat elektron kutubxona yaratishni, balki raqamli tarix fanining zamonaviy yondashuvlarini amalda ko‘rishni o‘rgatdi. Dars davomida uchragan kichik texnik muammolar sabrli bo‘lish va yangi tizimlarni o‘rganishga tayyor turish zarurligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, Omeka.net menga juda yoqdi va kelajakda ilmiy ishlarimni shu kabi platformalarda yuritishni rejalashtiryapman Dars davomida uchragan kichik texnik muammolar sabrli bo‘lish va yangi tizimlarni o‘rganishga tayyor turish zarurligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, Omeka.net menga juda yoqdi, va kelajakda ilmiy ishlarimni shu kabi platformalarda yuritishni rejalashtiryapman. Shu platforma yordamida o‘rgangan bilimlarim va amaliy tajribam men uchun qimmatli bo‘ldi..Postimga xaritalar yuklaganimdan maqsad men omeka. netga temuriylar davri xaritalari haqida yozganman.



Yahshi
ReplyDeleteHamada oʻz taasurotlarini uygʻotgan sayt bu
ReplyDeleteMuhim yangilik
ReplyDeleteAjoyib 🔥🔥🔥
ReplyDeleteZoʻr chiqibdi
ReplyDeleteYaxshi chiqibdi Kursdoah
ReplyDeleteSarlavha zoʻr chiqibdi
ReplyDeleteIsh qilib omegani qilishga qiynalmadizmi
ReplyDeleteZoʻr yozibsiz omad
ReplyDelete