Skip to main content

Meni siqilib qolishimga sababchi boʻlgan saytjon😅

 Men  Moxt 2 guruhi talabasi Dilnura Ozodova, raqamli tarix fanida ilk bor Omeka.net platformasi bilan tanishdim. Avvaliga sayt menga mutlaqo yangi edi va uning ishlash tartibi haqida tushuncham yo‘q edi. Dars davomida

ustozimiz platformaning elektron arxiv yaratish, raqamli kutubxona tuzish va tarixiy materiallarni tartib bilan joylashtirish uchun juda qulay ekanini tushuntirdi.Seminar mashg‘ulotida biz mustaqil ravishda ishlashni sinab ko‘rdik. Eng birinchi vazifa  Omeka.net’da akkaunt yaratish edi. Kursdoshlarimning bir qismi eski Gmail bilan kirishga harakat qilib muammoga duch keldi, yangi pochta bilan ro‘yxatdan o‘tganlar esa bemalol kira oldi. Shundan so‘ng ustozimiz items yaratishni va ularni kollektsiyaga qo‘shishni ko‘rsatdi. Har bir faylga nom, tavsif, sanasi va boshqa ma’lumotlarni qo‘shish juda oson edi, bu esa tartibli kollektsiya yaratishga yordam berdi. Mening vazifam Temuriylar davri bilan bog‘liq materiallardan iborat kollektsiya tayyorlash edi. Xaritalar, izohlar va boshqa tarixiy ma’lumotlarni bir joyga jamlash orqali platformaning afzalliklarini his qildim. Bu tajriba menga nafaqat elektron kutubxona yaratishni, balki raqamli tarix fanining zamonaviy yondashuvlarini amalda ko‘rishni o‘rgatdi. Dars davomida uchragan kichik texnik muammolar sabrli bo‘lish va yangi tizimlarni o‘rganishga tayyor turish zarurligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, Omeka.net menga juda yoqdi va kelajakda ilmiy ishlarimni shu kabi platformalarda yuritishni rejalashtiryapman Dars davomida uchragan kichik texnik muammolar sabrli bo‘lish va yangi tizimlarni o‘rganishga tayyor turish zarurligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, Omeka.net menga juda yoqdi, va kelajakda ilmiy ishlarimni shu kabi platformalarda yuritishni rejalashtiryapman. Shu platforma yordamida o‘rgangan bilimlarim va amaliy tajribam men uchun qimmatli bo‘ldi..



 Postimga xaritalar yuklaganimdan maqsad men omeka. netga temuriylar davri xaritalari haqida yozganman.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning