Skip to main content

Mening sevib oʻqigan asarim."Murdalar gapirmaydilar"

 Assalomu alaykum. Hammaga hayrli kun 😊. Bugungi postimni mavzusi"Meni sevimli asarim" mavzusida . Bu asar Tohir Malikni "Murdalar gapirmaydilar" asari. Men detektiv janridagi asarlarni oʻqishni yoqtiraman. Dektiv janrda yozadigan yozuvchilardan biri bu Tohir Malik dir. Tohir Malik serqirra ijodkor. U tomonidan yozilgan har qanday asar ham oʻquvchilar tomonidan iliq kutib oladi. Bu yozuvchining "Shaytanat" 1 toʻn, Charxpalak,  Bolalik ,( ushbu asarga kino tushurilgan) Murdalar gapirmaydilar,Ishq kabi ramon qissalarini oʻqiganman. 

Bu asar detektiv janrda yozilgan. Bir yigitni oʻlimi tufayli bir qancha jinoyatlar ochilib ketadi. Lekin aynan mana shu yigitni oʻlimi ochilmaydi. Jinoyat orqasidan jinoyat sodir boʻlishi tergovchini sarosimaga solib qoʻyadi. Otani oʻz qizlarini boyni bolasiga oʻynash boʻlishga majburlashi , onani ham bunga qarshi boʻlmasdan rozi boʻlishi, inson zoti pulga och boʻlishi, bir mushtipar ayolni 7 ta bolasi uchun erini hiyonat qilishiga qaramay ham yashashi, chetdan mol olib kelaman deb oʻlib ketgan yosh yigitlar, ishi uchun oilasidagi muommolar girdobida qolib ketgan tergovchi, hayvonga ham oʻxshamas bazi bir yengiltak qizlarga farzand berib, 10 yildan beri farzand koʻrolmayotgan Rustam va Shoira obrazlari juda ham mohirona tasvirlangan.Asarni oʻqish jarayonida har bir qahramon bilan yashaysan qaysi biriga achinishni bilmaysan. Har birini hayoti oʻzgacha. Muammo problemalar bilan toʻla. 

    Asarni nomi koʻchilikni qiziqtiradi. Bu nom faqat bir marotaba asarni oxirida "Murdalar gapirmaydilar"deb tergovchi tomonidan aytiladi. Yani hamma narsa aniq faqat bitta sir haqiqatni yashirib turadi oʻshani topolmagan tergovchi dj qani edi murdalar gapirsa edi hammasi aniq boʻlardi afsuski "Murdalar gapirmaydilar"deb xotima berib oʻtadi. 

       Bu asarni hammaga maslahat beraman etiboringiz uchun rahmat ❤️ ❤️❤️ Kuningiz hayrli oʻtsin.👋👋🤗

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning