Assalomu alaykum. Hammaga hayrli kun 😊. Bugungi postimni mavzusi"Meni sevimli asarim" mavzusida . Bu asar Tohir Malikni "Murdalar gapirmaydilar" asari. Men detektiv janridagi asarlarni oʻqishni yoqtiraman. Dektiv janrda yozadigan yozuvchilardan biri bu Tohir Malik dir. Tohir Malik serqirra ijodkor. U tomonidan yozilgan har qanday asar ham oʻquvchilar tomonidan iliq kutib oladi. Bu yozuvchining "Shaytanat" 1 toʻn, Charxpalak, Bolalik ,( ushbu asarga kino tushurilgan) Murdalar gapirmaydilar,Ishq kabi ramon qissalarini oʻqiganman.
Bu asar detektiv janrda yozilgan. Bir yigitni oʻlimi tufayli bir qancha jinoyatlar ochilib ketadi. Lekin aynan mana shu yigitni oʻlimi ochilmaydi. Jinoyat orqasidan jinoyat sodir boʻlishi tergovchini sarosimaga solib qoʻyadi. Otani oʻz qizlarini boyni bolasiga oʻynash boʻlishga majburlashi , onani ham bunga qarshi boʻlmasdan rozi boʻlishi, inson zoti pulga och boʻlishi, bir mushtipar ayolni 7 ta bolasi uchun erini hiyonat qilishiga qaramay ham yashashi, chetdan mol olib kelaman deb oʻlib ketgan yosh yigitlar, ishi uchun oilasidagi muommolar girdobida qolib ketgan tergovchi, hayvonga ham oʻxshamas bazi bir yengiltak qizlarga farzand berib, 10 yildan beri farzand koʻrolmayotgan Rustam va Shoira obrazlari juda ham mohirona tasvirlangan.Asarni oʻqish jarayonida har bir qahramon bilan yashaysan qaysi biriga achinishni bilmaysan. Har birini hayoti oʻzgacha. Muammo problemalar bilan toʻla.Asarni nomi koʻchilikni qiziqtiradi. Bu nom faqat bir marotaba asarni oxirida "Murdalar gapirmaydilar"deb tergovchi tomonidan aytiladi. Yani hamma narsa aniq faqat bitta sir haqiqatni yashirib turadi oʻshani topolmagan tergovchi dj qani edi murdalar gapirsa edi hammasi aniq boʻlardi afsuski "Murdalar gapirmaydilar"deb xotima berib oʻtadi.
Bu asarni hammaga maslahat beraman etiboringiz uchun rahmat ❤️ ❤️❤️ Kuningiz hayrli oʻtsin.👋👋🤗

Comment kutaman
ReplyDeleteYahshi
ReplyDelete