Skip to main content

Millionlab olimlarni birlashgan -Academia. edu haqida

Millionlab olimlar, minglab tadqiqot va ilmiy maqolalar birgina platforma orqali foydalanishga ishonasizmi? Academia.edu shu imkoniyatni beradi

Biz raqamli tarix fanidan qiziqarli platformalarlardan biri- Academia.edu haqida oʻrgandik. Academia.edu 2008-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda dunyoning turli nuqtalaridagi milliondan ortiq foydalanuvchini birlashtirgan eng yirik akademik tarmoqdir. Platformada turli xil yirik olimlarning maqolalari, tadqiqot, dissertatsiya va qoʻlyozmalar toʻplangan. Platformadan foydalanish oson va qulay boʻlib, faqat siz roʻyxatdan oʻtishingizni talab qiladi. Siz bu bosqichdan keyin istalgan paytda foydalanishiz mumkin.


Platformadan foydalanishim davomida menga eng katta taʼsir koʻrsatgan ustunligi uning keng qamrovli ilmiy manba bazasining boʻlishidir. Bu ilmiy baza orqali biz istalgan sohada tarixshunoslik, manbashunoslik, antropologiya etnologiya va siyosatshunoslik kabi yoʻnalishlarda millionlab manbalarni topishimiz mumkin. 


Shuningdek Academia.edu platformasining ustunliklaridan biri uning elektron kutubxona sifatida juda qulayligidir. Maqolalarni PDF shaklida tezda yuklab olishingiz va istalgan paytda uni qayta koʻrib chiqishingiz mumkin. Siz bu saytda  keng foydalanganizdan keyin oʻqilgan materiallar asosida sizga mos maqolalarni tavsiya qildi. Bundan tashqari tahlillarga koʻra foydalanuvchilar oʻqigan materiallarining 40% tavsiya orqali topgan.


Xulosa aytganda Academia.edu ilmiy izlanish uchun olib borayotgan har bir inson uchun qulay, keng qamrovli platforma. Academia. edu saytining foydalanuvchi bazasi, kuchli ilmiy materiallar va tartibli kutubxonasi ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida qoʻl keladigan afzalliklarini ajratadi. Bu platformaning afzalliklari ilm insonlari uchun ajralmas makondir. 

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning