Millionlab olimlar, minglab tadqiqot va ilmiy maqolalar birgina platforma orqali foydalanishga ishonasizmi? Academia.edu shu imkoniyatni beradi
Biz raqamli tarix fanidan qiziqarli platformalarlardan biri- Academia.edu haqida oʻrgandik. Academia.edu 2008-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda dunyoning turli nuqtalaridagi milliondan ortiq foydalanuvchini birlashtirgan eng yirik akademik tarmoqdir. Platformada turli xil yirik olimlarning maqolalari, tadqiqot, dissertatsiya va qoʻlyozmalar toʻplangan. Platformadan foydalanish oson va qulay boʻlib, faqat siz roʻyxatdan oʻtishingizni talab qiladi. Siz bu bosqichdan keyin istalgan paytda foydalanishiz mumkin.
Platformadan foydalanishim davomida menga eng katta taʼsir koʻrsatgan ustunligi uning keng qamrovli ilmiy manba bazasining boʻlishidir. Bu ilmiy baza orqali biz istalgan sohada tarixshunoslik, manbashunoslik, antropologiya etnologiya va siyosatshunoslik kabi yoʻnalishlarda millionlab manbalarni topishimiz mumkin.
Shuningdek Academia.edu platformasining ustunliklaridan biri uning elektron kutubxona sifatida juda qulayligidir. Maqolalarni PDF shaklida tezda yuklab olishingiz va istalgan paytda uni qayta koʻrib chiqishingiz mumkin. Siz bu saytda keng foydalanganizdan keyin oʻqilgan materiallar asosida sizga mos maqolalarni tavsiya qildi. Bundan tashqari tahlillarga koʻra foydalanuvchilar oʻqigan materiallarining 40% tavsiya orqali topgan.
Xulosa aytganda Academia.edu ilmiy izlanish uchun olib borayotgan har bir inson uchun qulay, keng qamrovli platforma. Academia. edu saytining foydalanuvchi bazasi, kuchli ilmiy materiallar va tartibli kutubxonasi ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida qoʻl keladigan afzalliklarini ajratadi. Bu platformaning afzalliklari ilm insonlari uchun ajralmas makondir.



Zor chiqibti
ReplyDeleteIlmiy ishlarga narx qoʻysa ham boʻlar ekan
ReplyDeleteZo'r chiqibdi
ReplyDeleteAjoyib 🔥🔥🔥
ReplyDelete🔥
ReplyDelete💯
ReplyDelete