Skip to main content

Omeka.com koʻnikmalari

 Omeka.com ga kirish, roʻyxatdan oʻtish-menga mobil qurilma (telefon) yordamida kirish kerak boʻlgan saytlar ilovalar va hokazo shu kabilar ichida eng qiyini boʻldi desam adshmagan boʻlaman. Menga Omeka.com da roʻyxatdan oʻtishimga yordam bergan yagona narsa bu chatGPT boʻldi. Birinchi marta roʻyxatdan oʻtganimda kursdoshlar bilan Raqamli tarix seminar darsida oʻtgan edim ammo hatoliklar tufayli roʻyxatdan oʻtganimni bilmasdan login parol shu kabilarni saqlab qololmadim keyin kirishda muommolar boshlandi. Birinchi muommo bu bepul foydalanish bir marta ekanligi. Men yangi Google akkaunt ochdim va ChatGPT yordamida 0 dan roʻyxatdan oʻtishni boshladim har bir qadamda screenshot orqali ChtGPT dan nma qilishim haqida soʻradim u toʻgʻri yoʻlni koʻrsatdi. Shu tariqa men toʻliq roʻyxatdan oʻtib oʻz akkauntimni yaratdim.

Keyingi qiyinchiliklar — kolleksiyalar yaratish bilan bog‘liq edi. Men fayllarni yuklash, tasvirlarni qo‘shish va matn yozish bo‘yicha ba’zi qo‘llanmalarni qayta-qayta o‘qishga majbur bo‘ldim. Shu paytda men tasodifan faylni noto‘g‘ri formatda yuklab yubordim va uni qayta yuklashga to‘g‘ri keldi.




 



Kolleksiya yaratish paytida items ga yozishim kerak boʻlgan malumotlarni hammasini kolleksiyaning ichiga joylab yuborganim eng katta hatolarimdan biri boʻldi va yana boshidan alohida items larga yozib ularni kolleksiyaga birlashtirdim. Bu juda koʻb vaqt ketishiga va asblarning sinovdan oʻtishiga olib keldi.


Uchinchi muammo — havola ulashish bilan bog‘liq edi. Men dastlab “Copy link” qilishni bilmaganim sababli, kolleksiyamni boshqalar bilan ulasholmadim. Keyin, yana chatGPT ga murojat qildim va  manzil panelidan URL nusxalashni o‘rgandim va bu muammo hal bo‘ldi.Shu jarayon davomida men bir necha foydali ko‘nikmalarni ham egalladim va tayyorlagan kolleksiyalarmning onlayn havolasini oldim. 


Platformaitemlarni tartib bilan qo‘shish.Fayl formatlari va hajmini tekshirish.Kolleksiya havolasini boshqalar bilan ulashish.Har bir element uchun ma’lumot yozish va tag qo‘yish.ChatGPT’dan yordam olib, texnik savollarga tezkor yechim topish. 

Natijada, men nafaqat Omeka.net’da o‘z kolleksiyamni yaratishga muvaffaq bo‘ldim, balki onlayn resurslar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba ham orttirdim. Bu men uchun juda foydali bo‘ldi, ayniqsa, kelajakda ilmiy yoki ijodiy loyihalarimni onlayn saqlash uchun.

Omeka.net da roʻyxatdan oʻtib unda oʻz kolleksiyamni yaratish men uchun juda katta tajriba boʻldi.


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning