Omeka.com ga kirish, roʻyxatdan oʻtish-menga mobil qurilma (telefon) yordamida kirish kerak boʻlgan saytlar ilovalar va hokazo shu kabilar ichida eng qiyini boʻldi desam adshmagan boʻlaman. Menga Omeka.com da roʻyxatdan oʻtishimga yordam bergan yagona narsa bu chatGPT boʻldi. Birinchi marta roʻyxatdan oʻtganimda kursdoshlar bilan Raqamli tarix seminar darsida oʻtgan edim ammo hatoliklar tufayli roʻyxatdan oʻtganimni bilmasdan login parol shu kabilarni saqlab qololmadim keyin kirishda muommolar boshlandi. Birinchi muommo bu bepul foydalanish bir marta ekanligi. Men yangi Google akkaunt ochdim va ChatGPT yordamida 0 dan roʻyxatdan oʻtishni boshladim har bir qadamda screenshot orqali ChtGPT dan nma qilishim haqida soʻradim u toʻgʻri yoʻlni koʻrsatdi. Shu tariqa men toʻliq roʻyxatdan oʻtib oʻz akkauntimni yaratdim.
Keyingi qiyinchiliklar — kolleksiyalar yaratish bilan bog‘liq edi. Men fayllarni yuklash, tasvirlarni qo‘shish va matn yozish bo‘yicha ba’zi qo‘llanmalarni qayta-qayta o‘qishga majbur bo‘ldim. Shu paytda men tasodifan faylni noto‘g‘ri formatda yuklab yubordim va uni qayta yuklashga to‘g‘ri keldi.
Kolleksiya yaratish paytida items ga yozishim kerak boʻlgan malumotlarni hammasini kolleksiyaning ichiga joylab yuborganim eng katta hatolarimdan biri boʻldi va yana boshidan alohida items larga yozib ularni kolleksiyaga birlashtirdim. Bu juda koʻb vaqt ketishiga va asblarning sinovdan oʻtishiga olib keldi.
Uchinchi muammo — havola ulashish bilan bog‘liq edi. Men dastlab “Copy link” qilishni bilmaganim sababli, kolleksiyamni boshqalar bilan ulasholmadim. Keyin, yana chatGPT ga murojat qildim va manzil panelidan URL nusxalashni o‘rgandim va bu muammo hal bo‘ldi.Shu jarayon davomida men bir necha foydali ko‘nikmalarni ham egalladim va tayyorlagan kolleksiyalarmning onlayn havolasini oldim.
Platformaitemlarni tartib bilan qo‘shish.Fayl formatlari va hajmini tekshirish.Kolleksiya havolasini boshqalar bilan ulashish.Har bir element uchun ma’lumot yozish va tag qo‘yish.ChatGPT’dan yordam olib, texnik savollarga tezkor yechim topish.
Natijada, men nafaqat Omeka.net’da o‘z kolleksiyamni yaratishga muvaffaq bo‘ldim, balki onlayn resurslar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba ham orttirdim. Bu men uchun juda foydali bo‘ldi, ayniqsa, kelajakda ilmiy yoki ijodiy loyihalarimni onlayn saqlash uchun.
Omeka.net da roʻyxatdan oʻtib unda oʻz kolleksiyamni yaratish men uchun juda katta tajriba boʻldi.




Yaxshi natija
ReplyDeleteAjoyib va Gʻarayib👍
ReplyDeleteZor chiqibdi omad✊️✊️🤝
ReplyDeleteEtibor uchun raxmat
DeleteYaxshi fikrlar yangradi, mehnat ketgani bilinibdi
ReplyDeleteE'tibor uchun raxmat
DeleteMuommo va qiyinchilikni yengib oʻtibsan muhimi shu albatta.
ReplyDeleteEng yaxshi ustoz chat GPT boʻlgan
Delete