Men Yoqubjonova Marhabo omeka.net da Everest.omeka.net deb nomlangan sayt ochdim. Bu saytni yaratguncha ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Roʻyxatdan oʻtguncha gmailda koʻp xatoliklar kuzatildi. Roʻyxatdan oʻtish ancha qiyin kechdi. 1 Hafta deganda saytda roʻyxatdan oʻtdim. Va yuqorida aytganimdek Everest.omeka.net saytini ochdim. Bu sayt geografiyaga oid sayt boʻlib, geografiyaga qiziquvchilar uchun
ajoyib va qiziqarli maʼlumotlar beradi. Bu saytda men har bir mintaqaning eng baland choʻqqisi va togʻlarini yoritdim. Chunki, men uchun geografiya juda qiziqarli fanlardan biri. Yer yuzidagi baland togʻlarni koʻrish meni orzularimdan biri. Togʻlar, sharsharalar, daryolar, va suv omborlari geografiyaning eng asosiy obyektlari hisoblanadi. Geografiyaga qiziqishim balandligi bois men omeka.netda geografik maʼlumotlar joyladim. Omeka.netda ochgan Everest.omeka.net saytimda 2ta kolleksiya yaratdim. Hamda 10ta item joyladim. 1- kolleksiya yer yuzidagi har bir materikning eng baland choʻqqisi haqida, 2- kolleksiyam esa Oʻzbekistonning eng baland togʻ choʻqqilari va togʻlari haqida batafsil yoritilgan. Aynan saytni Everest.omeka.net deb nomlashimga ham geografiyaga qiziqishim balandligi sabab bòldi. Aynan Everest Yevrosiyo materigining eng baland choʻqqisi hisoblanadi, shuningdek umuman yer yuzining ham eng baland choʻqqisi hisoblanadi. Saytdan maʼlumot olishingiz mumkim: Yevrosiyo materigining eng baland choʻqqisi - Everest haqida, Afrika materigining eng baland choʻqqisi - Klimanjaro vulqoni haqida, Avstraliya materigining eng baland choʻqqisi - Kossyushko haqida, Januniy Amerikaning eng baland choʻqqisi - Akonkaguo haqida.Oʻzbekistondagi togʻlar: Zarafshon tizmasi, Qashqadaryodagi togʻlar hamda Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi Hazrati Sulton haqida keng maʼlumot olishingiz mumkin. Eng asosiy urgʻu berilgan togʻ choʻqqilari bu - Yevrosiyoning eng baland choʻqqisi - Everest va Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi Hazrati Sulton togʻ choʻqqilari. Everestga asosiy urgʻu berilgani sababi, sayt shu nomda nomlangani uchun, Hazrati Sulton choʻqqisiga asosiy urgʻu berilgani sababi, togʻ choʻqqisi jonajon yurtimiz hududida joylashganidir. Bu saytda nafaqat bu togʻ choʻqqilari, va togʻ tizmalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin, balki, ularning ajoyib, manzaraviy rasmlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Oʻzbekistondagi togʻlar va togʻ choʻqqilariga qiziqish bildirgan kishilar bu saytdan maʼlumot olishingiz mumkin: Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Zarafshon tizmasi, Toshkent va Fargʻona vodiysidagi Qurama tizmasi va Surxondaryo viloyatida Bobotogʻ tizmalari haqida keng yoritilgan maʼlumotlarni.







Qiziqarli mavzu tanlangan ajoyib 😊👍🏻
ReplyDeleteRahmat
DeleteSiz bir omekada ishlamang ekanda
ReplyDelete😁😁😁
ReplyDelete🔥🔥🔥
ReplyDeleteMalades zoʻr Marhabo👍
ReplyDeleteRahmat 🤩
Delete