Skip to main content

Omeka.netga joylagan malumotlarim haqida

 Men Yoqubjonova Marhabo omeka.net da Everest.omeka.net deb nomlangan sayt ochdim. Bu saytni yaratguncha ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Roʻyxatdan oʻtguncha gmailda koʻp xatoliklar kuzatildi. Roʻyxatdan oʻtish ancha qiyin kechdi. 1 Hafta deganda saytda roʻyxatdan oʻtdim. Va yuqorida aytganimdek Everest.omeka.net saytini ochdim. Bu sayt geografiyaga oid sayt boʻlib, geografiyaga qiziquvchilar uchun

ajoyib va qiziqarli maʼlumotlar beradi. Bu saytda men har bir mintaqaning eng baland choʻqqisi va togʻlarini yoritdim. Chunki, men uchun geografiya juda qiziqarli fanlardan biri. Yer yuzidagi baland togʻlarni koʻrish meni orzularimdan biri. Togʻlar, sharsharalar, daryolar, va suv omborlari geografiyaning eng asosiy obyektlari hisoblanadi. Geografiyaga qiziqishim balandligi bois men omeka.netda geografik maʼlumotlar joyladim. Omeka.netda ochgan Everest.omeka.net saytimda 2ta kolleksiya yaratdim. Hamda 10ta item joyladim. 1- kolleksiya yer yuzidagi har bir materikning eng baland choʻqqisi haqida, 2- kolleksiyam esa Oʻzbekistonning eng baland togʻ choʻqqilari va togʻlari haqida batafsil yoritilgan. Aynan saytni Everest.omeka.net deb nomlashimga ham geografiyaga qiziqishim balandligi sabab bòldi. Aynan Everest Yevrosiyo materigining eng baland choʻqqisi hisoblanadi, shuningdek umuman yer yuzining ham eng baland choʻqqisi hisoblanadi. Saytdan maʼlumot olishingiz mumkim: Yevrosiyo materigining eng baland choʻqqisi - Everest haqida, Afrika materigining eng baland choʻqqisi - Klimanjaro vulqoni haqida, Avstraliya materigining eng baland choʻqqisi - Kossyushko haqida, Januniy Amerikaning eng baland choʻqqisi - Akonkaguo haqida.

Oʻzbekistondagi togʻlar: Zarafshon tizmasi, Qashqadaryodagi togʻlar hamda Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi Hazrati Sulton haqida keng maʼlumot olishingiz mumkin. Eng asosiy urgʻu berilgan togʻ choʻqqilari bu - Yevrosiyoning eng baland choʻqqisi - Everest va Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi Hazrati Sulton togʻ choʻqqilari. Everestga asosiy urgʻu berilgani sababi, sayt shu nomda nomlangani uchun, Hazrati Sulton choʻqqisiga asosiy urgʻu berilgani sababi, togʻ choʻqqisi jonajon yurtimiz hududida joylashganidir. Bu saytda nafaqat bu togʻ choʻqqilari, va togʻ tizmalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin, balki, ularning ajoyib, manzaraviy rasmlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Oʻzbekistondagi togʻlar va togʻ choʻqqilariga qiziqish bildirgan kishilar bu saytdan maʼlumot olishingiz mumkin: Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Zarafshon tizmasi, Toshkent va Fargʻona vodiysidagi Qurama tizmasi va Surxondaryo viloyatida Bobotogʻ tizmalari haqida keng yoritilgan maʼlumotlarni.








Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning