So'nggida sizlarga o'zimning sevimli podkastimdagi eng maza qilib ko'rgan sonlarimdan birini tavsiya qilaman.Bu turkiylar mifollogiyasiga bag'ishlangan epizod(lar)dir.Aslida mavzu ikki qismda yoritilgan.Unda Nodirbek Jo'raqo'ziyev mavzuni keng darajda yoritib berganlar.Aslida,podkast naqadar qiziqarli va foydali bo'lganini ikki qismda tayyorlanganidan ham anglash qiyin emas.
Yoshligimizda barchamiz yunon afsonalarini o'qiganmiz,yoki ularning obrazlarini multfilmlarda ko'rganmiz.Har xolda tanishmiz.Yunon mifologiyasi haqida gap ketganda barchamizda ularning ajoyib,qiziqarli,xasis,oqko'ngil ma'bud,mabudalari haqida tasavvur paydo bo'adi.Ammo,qay biringiz turk mifologiyasi deganda biror obraz tasavvur qila olasiz?Bo'shliq...
Aslida,esa bizning mifologiyamiz ulardan ancha qiziqarliroq,chuqqurroq va mazmunliroq edi.Afsonaviy Ko'k tangri uni yordamchisi va ayoli Umay,ukasi Erlik...Biri osmonda,biri yer ostida hukmdor.Umay barcha bolalar va ayollar homiysi,hayot yaratilishidagi Tangrining ilhom manbayi...Cho'llarda esa past tabaqali,aldoqchi jinlar.Xuddi satir va nimfalar kabi.Hayolingizda ajoyib dunyo paydo bo'ldimi,1500 yil avval bolalar shunaqa ertaklar eshitishgan,o'ylang ularning hayolot dunyosi qanchalar boy bo'lgan.Ota-bobongiz sizga uqtirishganidek,madaniyatsiz,yovoyyi ko'chmanchilar emasdilar,Ularda mana shunday kichik mifoloik tasavvurlardan tortib,buyuk davlatchilik tizimiga qadar barcha narsa mavjud edi...
Eng qiziqarlisini aytaymi,ular yunonlardagi kabi shunchaki afsona-safsata emasdi.Turkiy xalqlar ularga haqiqatda ishonishgan.Bular diniy asos deb bilingan.Ishonasizmi hatto bunday tasavvurlar qoldiqlari,hozir ham mavjud.Masalan qarang,esnasangiz shayton kirib ketadi deyishganmi?Yoki qandaydir daraxtning ostida,cho'lda kimsasiz uxlab qolsang,aqldan ozasan deyisganmi?Nodirbek Jo'raqo'ziyecning aytishlaricha bu o'sha turkiylar mifologiyasidan ba'zi qoldirlardir...
Xulosa o'rnida,bizda yunon mifologitasidan ancha qiziqarliroq va boy mifologiya mavjud.Faqat uni o'rganish kerak,bizda har doimgidek o'rganish va o'rgatish masalasi muammo bo'lgan.Fikrimcha,ularni o'rgansak,bizda ajdodlarmizning hayot tarzi,tasavvurlari haqida yanada yangi tushunchalar paydo bo'
ladi...

Yongʻoq tagida ham uxlama degani eshtganman jin uyasi bor degandi.
ReplyDelete"Dervishnod" kanali topdimmi😉
ReplyDeleteyaxshi chiqibdi
ReplyDeleteZem zoʻr chiqibdi
ReplyDelete