Skip to main content

Qurultoy-Turk mifologiyasi

 So'nggida sizlarga o'zimning sevimli podkastimdagi eng maza qilib ko'rgan sonlarimdan birini tavsiya qilaman.Bu turkiylar mifollogiyasiga bag'ishlangan epizod(lar)dir.Aslida mavzu ikki qismda yoritilgan.Unda Nodirbek Jo'raqo'ziyev mavzuni keng darajda yoritib berganlar.Aslida,podkast naqadar qiziqarli va foydali bo'lganini ikki qismda tayyorlanganidan ham anglash qiyin emas.

    Yoshligimizda barchamiz yunon afsonalarini o'qiganmiz,yoki ularning obrazlarini multfilmlarda ko'rganmiz.Har xolda tanishmiz.Yunon mifologiyasi haqida gap ketganda barchamizda ularning ajoyib,qiziqarli,xasis,oqko'ngil ma'bud,mabudalari haqida tasavvur paydo bo'adi.Ammo,qay biringiz turk mifologiyasi deganda biror obraz tasavvur qila olasiz?Bo'shliq...

    Aslida,esa bizning mifologiyamiz ulardan ancha qiziqarliroq,chuqqurroq va mazmunliroq edi.Afsonaviy Ko'k tangri uni yordamchisi va  ayoli Umay,ukasi Erlik...Biri osmonda,biri yer ostida hukmdor.Umay barcha bolalar va ayollar homiysi,hayot yaratilishidagi Tangrining ilhom manbayi...Cho'llarda esa past tabaqali,aldoqchi jinlar.Xuddi satir va nimfalar kabi.Hayolingizda ajoyib dunyo paydo bo'ldimi,1500 yil avval bolalar shunaqa ertaklar eshitishgan,o'ylang ularning hayolot dunyosi qanchalar boy bo'lgan.Ota-bobongiz sizga uqtirishganidek,madaniyatsiz,yovoyyi ko'chmanchilar emasdilar,Ularda mana shunday kichik mifoloik tasavvurlardan tortib,buyuk davlatchilik tizimiga qadar barcha narsa mavjud edi...

    Eng qiziqarlisini aytaymi,ular yunonlardagi kabi shunchaki afsona-safsata emasdi.Turkiy xalqlar ularga haqiqatda ishonishgan.Bular diniy asos deb bilingan.Ishonasizmi hatto bunday tasavvurlar qoldiqlari,hozir ham mavjud.Masalan qarang,esnasangiz shayton kirib ketadi deyishganmi?Yoki qandaydir daraxtning ostida,cho'lda kimsasiz uxlab qolsang,aqldan ozasan deyisganmi?Nodirbek Jo'raqo'ziyecning aytishlaricha bu o'sha turkiylar mifologiyasidan ba'zi qoldirlardir...

    Xulosa o'rnida,bizda yunon mifologitasidan ancha qiziqarliroq va boy mifologiya mavjud.Faqat uni o'rganish kerak,bizda har doimgidek o'rganish va o'rgatish masalasi muammo bo'lgan.Fikrimcha,ularni o'rgansak,bizda ajdodlarmizning hayot tarzi,tasavvurlari haqida yanada yangi tushunchalar paydo bo'
ladi...

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning