Barcha ilmu tolib,hakker kursdoshlarimga alangali salom!Hozir men sizlar bilan 30-oktabr tuni butun asabimni yegan qadrli "Researgate" jon haqida ba'zi tajribalarimni ulashmoqchiman.
Ish rasmiy saytda ro'yxatdan o'tishdan boshlanadi. Dastlab,sayt mendan o'qiyotgan,tadqiqot o'tkazayotgn universitetimni belgilashimni so'radi.Va barcha asabbuzarliklar mana shu yerdan boshlandi.(Bismillosidan). Hayron qolgan joyim, platformada butun boshli Toshkentda joylashgan o'quv muassassalari chiqdi-yu, ammo
bizning Markaziy Osiyoda bitta bo'lgan univerimiz ro'yxatda chiqmadi.Men uni qo'lda kiritdim.Shundan so'ng navbat,tashkilotning rasmiy e-mailini kiritish va u orqali mening shu tashkilotga oid kishi ekanligimmni tasdiqlatish qismiga keldik,Tabiiyki,univerimizning rasmiy e-maili ham shu joyida tan oliinmadi,aniqrog'i ishlamadi.Men noiloj shaxsiy e-mailim orqali ro'yxatdan o;tishga harakat qildim ammo,sayt universitet tasdiqlangan holatdagina shaxsiy e-maillarni qabul qilar ekan.(Universitetimning o'zi topilmay turgan holatda,men qayerdan ham tasdiqlanaman).Xullas,shaxsiy e-mailim ham qabul qilinmadi.Men muammo e-mailimda deb o'yladim.Dars kuni barcha holatlarni screen-shot qilib,ustozga ko'rsatdim.Bildimki,muammo mening emailimda emas ekan.Men researchgatedan ro'yxatdan o'tishim uchun shunchaki e-mail emas,universitet tomonidan rasman berilgan,maxsus domenga ega e-mail olishim kerak ekan.Bu esa men u bu univerda katta tadqiqotchi yo o'qituvchi bo'lmagunimcha imkonsiz-oov...Xulosam shuki,garchi researgate ilmiy hamjamiyat uchun foydali bo'lsa ham, uning bu qadar murakkab ro'yxatdan o'tish jarayoni foydalilik potensialini kamaytiryapti.Chunki aynan shuni deb ko'plab tadqoqtchi v talabalar "research" larning "gate"(darvoza)idan qaytib ketyapti.Fikrimcha,ro'yxatdan o'tishni biroz soddalashtirish yokida shu holat uchun alternativ yechim berish foydali bo'lar edi.
O'ylab qoldim,balki tashkilotchilar ham ataylab Research gate deb qo'yishgandir...)

Havolasini tashlab qoʻysangiz biz ham kirib koʻramiz 😁
ReplyDeletehttps://www.researchgate.net/login
DeleteOxx meni asablarim deng😄
ReplyDeleteBizni "asab buzmasdan" qabul qiladigan yagona sayt telegram bòlsa kerak🤭qolganiga kirish uchun ancha mehnat qilamiz
ReplyDeleteBuncha qiynalganingdan koʻra boshidan harakat qilmasang boʻlarkan 😁
ReplyDeleteDard bilan yozilgan ajoyib maqtov soʻzlar ekan😂
ReplyDeleteShiringina qilib urushib qo‘ymabsizdaa😅
ReplyDeleteHar doimgidek zoʻr Samira😅😁
ReplyDeleteJuda yaxshi fikr bildiribsiz Samira🔥
ReplyDelete