Skip to main content

Researchgate haqida chiroyli so'zlarim...

 Barcha ilmu tolib,hakker kursdoshlarimga alangali salom!Hozir men sizlar bilan 30-oktabr tuni butun asabimni yegan qadrli "Researgate" jon haqida ba'zi tajribalarimni ulashmoqchiman.

    Ish  rasmiy saytda ro'yxatdan o'tishdan boshlanadi. Dastlab,sayt mendan o'qiyotgan,tadqiqot o'tkazayotgn universitetimni belgilashimni so'radi.Va barcha asabbuzarliklar mana shu yerdan boshlandi.(Bismillosidan). Hayron qolgan joyim, platformada butun boshli Toshkentda joylashgan o'quv  muassassalari chiqdi-yu, ammo

bizning Markaziy Osiyoda bitta bo'lgan univerimiz ro'yxatda chiqmadi.Men uni qo'lda kiritdim.

Shundan so'ng navbat,tashkilotning rasmiy e-mailini kiritish va u orqali mening shu tashkilotga oid kishi ekanligimmni tasdiqlatish qismiga keldik,Tabiiyki,univerimizning rasmiy e-maili ham shu joyida tan oliinmadi,aniqrog'i ishlamadi.Men noiloj shaxsiy e-mailim orqali ro'yxatdan o;tishga harakat qildim ammo,sayt universitet tasdiqlangan holatdagina shaxsiy e-maillarni qabul qilar ekan.(Universitetimning o'zi topilmay turgan holatda,men qayerdan ham tasdiqlanaman).Xullas,shaxsiy e-mailim ham qabul qilinmadi.Men muammo e-mailimda deb o'yladim.Dars kuni barcha holatlarni screen-shot qilib,ustozga ko'rsatdim.Bildimki,muammo mening emailimda emas ekan.Men researchgatedan ro'yxatdan o'tishim uchun shunchaki e-mail emas,universitet tomonidan rasman berilgan,maxsus domenga ega e-mail olishim kerak ekan.Bu esa men u bu univerda katta tadqiqotchi yo o'qituvchi bo'lmagunimcha imkonsiz-oov...

Xulosam shuki,garchi researgate ilmiy hamjamiyat uchun foydali bo'lsa ham, uning bu qadar murakkab ro'yxatdan o'tish jarayoni foydalilik potensialini kamaytiryapti.Chunki aynan shuni deb ko'plab tadqoqtchi v talabalar "research" larning "gate"(darvoza)idan qaytib ketyapti.Fikrimcha,ro'yxatdan o'tishni biroz soddalashtirish yokida shu holat uchun alternativ yechim berish foydali bo'lar edi.

O'ylab qoldim,balki tashkilotchilar ham ataylab Research gate deb qo'yishgandir...)

Comments

  1. Havolasini tashlab qoʻysangiz biz ham kirib koʻramiz 😁

    ReplyDelete
  2. Bizni "asab buzmasdan" qabul qiladigan yagona sayt telegram bòlsa kerak🤭qolganiga kirish uchun ancha mehnat qilamiz

    ReplyDelete
  3. Buncha qiynalganingdan koʻra boshidan harakat qilmasang boʻlarkan 😁

    ReplyDelete
  4. Dard bilan yozilgan ajoyib maqtov soʻzlar ekan😂

    ReplyDelete
  5. Shiringina qilib urushib qo‘ymabsizdaa😅

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning