Temuriylar va Kalikut aloqalari
Kalikut - Hind yarim orolining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Oʻrta asrlarda dengiz savdosida Kalikutning oʻz oʻrni bor edi.
Janubiy Hindistonda XV asrda oʻrtalarida eng yirik mamlakat Vijanayagara edi, u atrof davlatlarini bosib ola boshlaydi, bu oʻz-oʻzidan albatta, Kalikut hukmdorini hadikka solmasdan qoʻymasdi. Temuriy Shohrux Mirzo elchilari Bangoladan qaytar ekan, Kalikut elchilari bilan uchrashib qolishadi. Temuriylarning elchilari oʻz mamlakatlari haqida ularga aytib berishadi. Kalikutning elchilari bularning barchasi oʻz hukmdorlariga yetkazishadi. Kalikut voliysi darhol har xil sovgʻa salomlar bilan Shohrux Mirzo huzuriga elchi yoʻllaydi va ,,bu bandarda juma va Iyd(namoz)larida islom xutbasini oʻqiydilar, agar u hazrat ruxsat bersalar (xutbani u kishining) muborak nom va laqablari bilan aziz va sharafli qilinsa" deya oʻz arzini bildirdi. Shu oʻrinda Abdurazzoq Samarqandiy shunday oʻxshatish keltirib oʻtadi:
,,Uning xutbasini sadosi jahon (ahllari)ga shunday xush kelib qolganki,
(Uni eshitgan) barcha kofirlar ham unga mayl qildilar."
Kalikut voliysiga Vijanayangar bosqinlarini toʻxtatib tura oladigan ,,homiy" kerak edi, u buni Shohrux siymosida koʻradi.
Abdurazzoq Samarqandiy janubiy Hindiston mamlakatlariga boʻlgan sayohatini oʻz kundaligida batafsil bayon etadi.

Zor sharhlab beribsiz
ReplyDeleteRaxmat
ReplyDeleteZoʻr chiqibdi
ReplyDeleteAjoyib
ReplyDeleteZo'r chiqibdi
ReplyDelete