Skip to main content

Temuriylar va Kalikut aloqalari

 Temuriylar va Kalikut aloqalari

  Kalikut - Hind yarim orolining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Oʻrta asrlarda dengiz savdosida Kalikutning oʻz oʻrni bor edi. 

  Janubiy Hindistonda XV asrda oʻrtalarida eng yirik mamlakat Vijanayagara edi, u atrof davlatlarini bosib ola boshlaydi, bu oʻz-oʻzidan albatta, Kalikut hukmdorini hadikka solmasdan qoʻymasdi. Temuriy Shohrux Mirzo elchilari Bangoladan qaytar ekan, Kalikut elchilari bilan uchrashib qolishadi. Temuriylarning elchilari oʻz mamlakatlari haqida ularga aytib berishadi. Kalikutning elchilari bularning barchasi oʻz hukmdorlariga yetkazishadi. Kalikut voliysi darhol har xil sovgʻa salomlar bilan Shohrux Mirzo huzuriga elchi yoʻllaydi va ,,bu bandarda juma va Iyd(namoz)larida islom xutbasini oʻqiydilar, agar u hazrat ruxsat bersalar (xutbani u kishining) muborak nom va laqablari bilan aziz va sharafli qilinsa" deya oʻz arzini bildirdi. Shu oʻrinda Abdurazzoq Samarqandiy shunday oʻxshatish keltirib oʻtadi: 

,,Uning xutbasini sadosi jahon (ahllari)ga shunday xush kelib qolganki,

(Uni eshitgan) barcha kofirlar ham unga mayl qildilar."

 Kalikut voliysiga Vijanayangar bosqinlarini toʻxtatib tura oladigan ,,homiy" kerak edi, u buni Shohrux siymosida koʻradi. 

 


Abdurazzoq Samarqandiy

Shohrux mirzo Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida 1442-yilda oʻz elchilik hayʼatini Kalikutga yuboradi. Shohrux Somuriyga(Kalikutda hukmdorni shunday atashgan) ot, poʻstin, tilladoʻzi dakala va kulohi navruziyni yuboradi. Abdurazzoq Samarqandiyni Somuriyni oʻzi qabul qiladi, unga munosib hurmat ehtirom koʻrsatiladi. Abdurazzoq Samarqandiy Kalikutdan keyin oʻsha paytda janubiy Hindiston eng yirik mamlakati boʻlmish Vijanayangarda ham boʻladi. 

Abdurazzoq Samarqandiy janubiy Hindiston mamlakatlariga boʻlgan sayohatini oʻz kundaligida batafsil bayon etadi.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning