Skip to main content

Zootero sayti va dars jarayonidagi mashgʻulotimiz.

Art  Assalomu alaykum. Hammaga hayrli kun. Yana raqamli tarixdan post joylaman. ( Boshqa fandan bunday vazifa boʻlmagandan keyin joylaysanda deydigan odamni oʻzi yoʻq) Oldingi postimda mustaqil taʼlim va undagi tahmini baholarini haqida gapirib oʻtgan edim. Mustaqil taʼlim bahosi qoʻyildi. Men kutgan baho emas ( hatyabi 15 16 qoʻysa kerak deb oʻylagan edim) Tayloqov Toʻychi domila 14 qoʻyibdi. Eʼtiroz bildirmadim. Chunki boshqa kursdoshlarimiz eʼtiroz bildirgan va baho oʻzgarmagan ekan. Domila bir narsani bilmasa bunday baholamasa kerek deb oʻylayman.( Bu paxta emas. Domila ham oʻqishini bilib turib paxta qoʻymayabman. Menga bahoni ahamiyati yoʻq).


Hullas mavzuga qaytamiz. Men qiziqib oʻrgangan saytlardan beri "Zootero" boʻldi ( biri emas aynan mana shu qiziq boʻldi. Oʻzim hohlab vazifani bajaradim.) Maʼruza chiroyli oʻtildi hamma narsa birin ketin tushuntirildi. Bu sayt haqida maʼlumot berildi. Domilamiz bu sayt koʻproq ilmiy maqolalar yozgan paytda adabiyotilar roʻyxatiga kerek boʻlishini bunda saqlangan havolar hech qachon oʻchib ketmasligini bir gap bilan aytganda "Elektron kutubxona" deb tushuntirdi. Zootero sayti haqida toʻliqroq maʼlumot berib oʻtib ketaman.

  Zotero — bu bepul, ochiq manbali bibliografiya va manbalarni boshqarish dasturi. U ilmiy maqolalar, kitoblar, veb-sahifalar va boshqa manbalarni yig‘ish, tartiblash, sitata qilish va bibliografiya yaratishda yordam beradi. Talabalar, tadqiqotchilar va ilmiy ish yozuvchilar uchun juda qulay.

Zotero nimaga yordam beradi?

Manbalarni avtomatik saqlash: Brauzer kengaytmasi orqali birgina bosish bilan maqola yoki kitob ma’lumotini saqlaysiz.

Papkalar bo‘yicha tartiblash: Turli mavzular bo‘yicha kolleksiyalar yaratishingiz mumkin.

PDFlarni saqlash va tahlil qilish: Matn ichida belgilash, izoh qo‘shish mumkin.

Avtomatik sitata yaratish: APA, MLA, Chicago va boshqa yuzlab formatlarda sitata beradi.


Word/Google Docs bilan ishlaydi: Matn ichida manbalarni qo‘shish juda oson.


Qayerdan yuklab olinadi?

Rasmiy sayti: zotero.org. dan yuklab olinadi.

Seminar jarayonida qilgan ishlarimizni etiboringizga xavola etaman.Birinchi qiladigan ishimiz Zootero sayti kirib olamiz va oʻzimizga profil ochib olamiz. Profilga kirganimizda rasmdagidek holatga dush kelamiz.



Shundan soʻng web Library degan joyiga koʻramiz. Ekranda manashunday holat aks etgan boʻladi.

Bu yerda "All items" degan joyiga bosamiz. Aynan oʻsha joyda biz kiritgan adabiyotlat roʻyxati turgan boʻladi. Manashu roʻyxat bilan adabiyotlar havolisini qachon nashr etilganini bilib olishimiz mumkin.

Bu yerda men kiritgan adabiyotlat roʻyxati turibdi. Siz ham mana shunday qilib adabiyotlar roʻyxatini tuzishingiz mumkin. Buni uchun eng avvalo yuqorida turgan uch nuqtani bosamiz. Va natijadada ekranda manashunday holat yuzaga keladi.

Endi "Ada bu Identifer" degan joyini bosamiz. Buni bosish orqali biz issbnni kirita olamiz . Diqqat issbn bu 10 ha yaqin raqamlardir bu bilan kitobni elektron variantlarini izlaymiz. Agar izlanayotgan kitobni elektron varianti boʻlmasa kitob chiqmaydi.


Ekranda shunday holat aks ettiriladi. Bu yerga izlanayotgan kitobni issbnsi yoki maqola havolasi kiritiladi. Hamma narsani koʻrsatilgandek qilsangiz ekranda shunday lavha paydo boʻladi.

Bu yerda men izlagan kitob aks ettirilgan va u haqidagi maʼlumotlardir. Zootero shunisi bilan menga yoqdi. Sizga tushuntira oldim degan umiddaman.


Oldingi yozgan postim ozgincha muhokamaga sabab boʻlgan edi. Oʻz hayotingizni yozib tashlabsiz. Fanga aloqador narsani yozing degan fikrlar menga aytilgan edi. Hurmatli kursdoshlar menga ilmiy janrda yozish yoqmaydi. Men hamma joyda oʻzimni fikrimni ayta olaman va yoza olaman. Ilmiy yozadigan boʻlsam internetda maʼlumotlar koʻp shularni kapirivat qilib olsam boʻladi. Afsuski menga bu narsa yoqmadi. Mavzuga boricha ijobiy yondashim. Postim yoqqan boʻlsa kommentariya kutib qolaman. Hammaga omad shirin joniz sogʻ boʻlsin 

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning