Art Assalomu alaykum. Hammaga hayrli kun. Yana raqamli tarixdan post joylaman. ( Boshqa fandan bunday vazifa boʻlmagandan keyin joylaysanda deydigan odamni oʻzi yoʻq) Oldingi postimda mustaqil taʼlim va undagi tahmini baholarini haqida gapirib oʻtgan edim. Mustaqil taʼlim bahosi qoʻyildi. Men kutgan baho emas ( hatyabi 15 16 qoʻysa kerak deb oʻylagan edim) Tayloqov Toʻychi domila 14 qoʻyibdi. Eʼtiroz bildirmadim. Chunki boshqa kursdoshlarimiz eʼtiroz bildirgan va baho oʻzgarmagan ekan. Domila bir narsani bilmasa bunday baholamasa kerek deb oʻylayman.( Bu paxta emas. Domila ham oʻqishini bilib turib paxta qoʻymayabman. Menga bahoni ahamiyati yoʻq).
Hullas mavzuga qaytamiz. Men qiziqib oʻrgangan saytlardan beri "Zootero" boʻldi ( biri emas aynan mana shu qiziq boʻldi. Oʻzim hohlab vazifani bajaradim.) Maʼruza chiroyli oʻtildi hamma narsa birin ketin tushuntirildi. Bu sayt haqida maʼlumot berildi. Domilamiz bu sayt koʻproq ilmiy maqolalar yozgan paytda adabiyotilar roʻyxatiga kerek boʻlishini bunda saqlangan havolar hech qachon oʻchib ketmasligini bir gap bilan aytganda "Elektron kutubxona" deb tushuntirdi. Zootero sayti haqida toʻliqroq maʼlumot berib oʻtib ketaman.
Zotero — bu bepul, ochiq manbali bibliografiya va manbalarni boshqarish dasturi. U ilmiy maqolalar, kitoblar, veb-sahifalar va boshqa manbalarni yig‘ish, tartiblash, sitata qilish va bibliografiya yaratishda yordam beradi. Talabalar, tadqiqotchilar va ilmiy ish yozuvchilar uchun juda qulay.
Zotero nimaga yordam beradi?
Manbalarni avtomatik saqlash: Brauzer kengaytmasi orqali birgina bosish bilan maqola yoki kitob ma’lumotini saqlaysiz.
Papkalar bo‘yicha tartiblash: Turli mavzular bo‘yicha kolleksiyalar yaratishingiz mumkin.
PDFlarni saqlash va tahlil qilish: Matn ichida belgilash, izoh qo‘shish mumkin.
Avtomatik sitata yaratish: APA, MLA, Chicago va boshqa yuzlab formatlarda sitata beradi.
Word/Google Docs bilan ishlaydi: Matn ichida manbalarni qo‘shish juda oson.
Qayerdan yuklab olinadi?
Rasmiy sayti: zotero.org. dan yuklab olinadi.
Seminar jarayonida qilgan ishlarimizni etiboringizga xavola etaman.Birinchi qiladigan ishimiz Zootero sayti kirib olamiz va oʻzimizga profil ochib olamiz. Profilga kirganimizda rasmdagidek holatga dush kelamiz.
Shundan soʻng web Library degan joyiga koʻramiz. Ekranda manashunday holat aks etgan boʻladi.
Bu yerda men izlagan kitob aks ettirilgan va u haqidagi maʼlumotlardir. Zootero shunisi bilan menga yoqdi. Sizga tushuntira oldim degan umiddaman.







🔥🔥🔥🔥zoʻr
ReplyDeleteYaxshi yozibsiz
ReplyDelete