Skip to main content

Zotero haqida batafsil

 ZOTERO NIMA?


Zotero — ilmiy manbalarni yig‘ish, saqlash, tartiblash va avtomatik tarzda bibliografiya (adabiyotlar ro‘yxati) yaratishga yordam beradigan bepul dastur. U asosan referat, maqola, kurs ishi, dissertatsiya va ilmiy tadqiqot yozayotganlarga judayam kerakli boʻlgan sayt turi hisoblanadi. 


Zotero’ni o‘rnatishni men sizlarga hozir bosqichma bosqich qoʻlimdan kelganicha tushuntirishga harakat qilaman. 


1-qadam: rasmiy saytga kirish boʻladi


zotero.org ni xoxlasangiz googleda havola orqali kirsangiz boʻladi yoki ilovani toʻgʻridan toʻgri yuklab olishingiz mumkin. 






2-qadam: Zotero Connector o‘rnatish. Bu boʻlim haqida menda ham yetarlicha malumot yoʻq edi. Internetdan izlaganimda bu brauzer kengaytmasi ekanligini bilib oldim va Chrome, Firefox yoki Edge uchun o‘rnatilar ekan va bu kengaytma yordamida internetdan manbani bir bosishda Zotero’ga saqlay olasiz.



3-qadam bu Zotero’da akkaunt ochish


Akkaunt ochish manbalarni bulutda saqlashga yordam beradi.


 1. Log in yoki Registerga kirasiz 

 2. Ism, email va parol kiritasiz.

 3. Emailga kelgan tasdiqni bosasiz.






4-qadam bu Zotero’da manbalarni qo‘shish usullari haqida boʻladi. 


Zotero’ga manba qo‘shishning 3 usuli bor.



1-usul: Internetdan avtomatik saqlash


Brauzerdagi “Zotero Connector” belgisi yonib turadi.


Masalan Google Scholar, Britannica, Wikipedia

va hatto oddiy saytlar kabi bazalardan saqlab olsangiz boʻladi  


Bir marta bosish orqali manba Zotero’ga tushadi.



2-usul: PDF fayllarni ISBNs, DOIs  kabi raqamlari boʻladi. Ustozning ma’lumotlari va koʻrsatmalari orqali biz issn raqamini kiritish orqali ossongina fayllarni zoteroga saqlasak boʻlar ekan. Bu judayam qulay usul





3-usul: Manbani qo‘lda kiritish


Zotero oynasida Green Plus (+) belgisi bor.

Shuni bosib: Kitob,Maqola, Veb-sahifa, Tezis, Hujjat

turini tanlaysiz va ma’lumotlarni qo‘lda kiritasiz.



4-qadam bu Zotero’da papkalar yaratish ya’ni Collections haqida boʻladi. 


Ilmiy ishlaringizni tartibga solish uchun:

 1.Chap tomonda New Collection tugmasini bosasiz.

 Masalan:

 “Tarix”

 “Boysun turizmi”

 “Qadriyatlar falsafasi”

 “Maqola uchun manbalar”

kabi papkalar yaratishingiz mumkin.






5-qadam bu manbalardan bibliografiya ya’ni adabiyotlar ro‘yxatini yaratish haqida 

 Birinchi boʻlib Zotero’da manbani belgilaysiz. Soʻng oʻng tugmada Create Bibliographyni tanlaysiz . 





Ustozning aytishlaricha bu biz uchun juda qulay onlayn kutubxona vazifasini bajaradi. Zotero - bu ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan eng qulay va bepul bibliografik boshqaruv tizimlaridan biridir. U manbalarni avtomatik saqlash, tartibga solish, iqtiboslar yaratish va bibliografiya tuzishni osonlashtiradi. Zotero yordamida foydalanuvchi o‘z manbalarini bulutda saqlab, istalgan qurilmadan ularga kira oladi. Eng muhimi, u Word, Google Docs va boshqa dasturlar bilan integratsiya qilinadi, bu esa ilmiy ish yozish jarayonini ancha tezlashtiradi. Umuman olganda, Zotero tadqiqot jarayonini yengillashtiradigan, manbashunoslik madaniyatini oshiradigan va ilmiy yozuvning sifatini yuqori darajada ta’minlaydigan samarali elektron yordamchidir.

 Agar roʻyxatdan oʻtayotgan vaqtda kiritgan ma’lumotlaringizni yodlab qolsangiz har qanday joyda va har qanday holatda bu kutubxonangizdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bu saytni boshqalariga qaraganda tushunishga biroz qiynaldim. Agar kamchilik va izoh talab qiladigan qismlari boʻlsa bemalol commentaryda izoh qoldirishingiz mumkin

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning