ZOTERO NIMA?
Zotero — ilmiy manbalarni yig‘ish, saqlash, tartiblash va avtomatik tarzda bibliografiya (adabiyotlar ro‘yxati) yaratishga yordam beradigan bepul dastur. U asosan referat, maqola, kurs ishi, dissertatsiya va ilmiy tadqiqot yozayotganlarga judayam kerakli boʻlgan sayt turi hisoblanadi.
Zotero’ni o‘rnatishni men sizlarga hozir bosqichma bosqich qoʻlimdan kelganicha tushuntirishga harakat qilaman.
1-qadam: rasmiy saytga kirish boʻladi
zotero.org ni xoxlasangiz googleda havola orqali kirsangiz boʻladi yoki ilovani toʻgʻridan toʻgri yuklab olishingiz mumkin.
2-qadam: Zotero Connector o‘rnatish. Bu boʻlim haqida menda ham yetarlicha malumot yoʻq edi. Internetdan izlaganimda bu brauzer kengaytmasi ekanligini bilib oldim va Chrome, Firefox yoki Edge uchun o‘rnatilar ekan va bu kengaytma yordamida internetdan manbani bir bosishda Zotero’ga saqlay olasiz.
3-qadam bu Zotero’da akkaunt ochish
Akkaunt ochish manbalarni bulutda saqlashga yordam beradi.
1. Log in yoki Registerga kirasiz
2. Ism, email va parol kiritasiz.
3. Emailga kelgan tasdiqni bosasiz.
4-qadam bu Zotero’da manbalarni qo‘shish usullari haqida boʻladi.
Zotero’ga manba qo‘shishning 3 usuli bor.
1-usul: Internetdan avtomatik saqlash
Brauzerdagi “Zotero Connector” belgisi yonib turadi.
Masalan Google Scholar, Britannica, Wikipedia
va hatto oddiy saytlar kabi bazalardan saqlab olsangiz boʻladi
Bir marta bosish orqali manba Zotero’ga tushadi.
2-usul: PDF fayllarni ISBNs, DOIs kabi raqamlari boʻladi. Ustozning ma’lumotlari va koʻrsatmalari orqali biz issn raqamini kiritish orqali ossongina fayllarni zoteroga saqlasak boʻlar ekan. Bu judayam qulay usul
3-usul: Manbani qo‘lda kiritish
Zotero oynasida Green Plus (+) belgisi bor.
Shuni bosib: Kitob,Maqola, Veb-sahifa, Tezis, Hujjat
turini tanlaysiz va ma’lumotlarni qo‘lda kiritasiz.
4-qadam bu Zotero’da papkalar yaratish ya’ni Collections haqida boʻladi.
Ilmiy ishlaringizni tartibga solish uchun:
1.Chap tomonda New Collection tugmasini bosasiz.
Masalan:
“Tarix”
“Boysun turizmi”
“Qadriyatlar falsafasi”
“Maqola uchun manbalar”
kabi papkalar yaratishingiz mumkin.
5-qadam bu manbalardan bibliografiya ya’ni adabiyotlar ro‘yxatini yaratish haqida
Birinchi boʻlib Zotero’da manbani belgilaysiz. Soʻng oʻng tugmada Create Bibliographyni tanlaysiz .
Ustozning aytishlaricha bu biz uchun juda qulay onlayn kutubxona vazifasini bajaradi. Zotero - bu ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan eng qulay va bepul bibliografik boshqaruv tizimlaridan biridir. U manbalarni avtomatik saqlash, tartibga solish, iqtiboslar yaratish va bibliografiya tuzishni osonlashtiradi. Zotero yordamida foydalanuvchi o‘z manbalarini bulutda saqlab, istalgan qurilmadan ularga kira oladi. Eng muhimi, u Word, Google Docs va boshqa dasturlar bilan integratsiya qilinadi, bu esa ilmiy ish yozish jarayonini ancha tezlashtiradi. Umuman olganda, Zotero tadqiqot jarayonini yengillashtiradigan, manbashunoslik madaniyatini oshiradigan va ilmiy yozuvning sifatini yuqori darajada ta’minlaydigan samarali elektron yordamchidir.
Agar roʻyxatdan oʻtayotgan vaqtda kiritgan ma’lumotlaringizni yodlab qolsangiz har qanday joyda va har qanday holatda bu kutubxonangizdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bu saytni boshqalariga qaraganda tushunishga biroz qiynaldim. Agar kamchilik va izoh talab qiladigan qismlari boʻlsa bemalol commentaryda izoh qoldirishingiz mumkin
Rahmat malumotlar uchun🔥
ReplyDeleteIzoh uchub suzgagam raxmat
DeleteZor chiqibti
ReplyDeleteRaxmat
DeleteYaxshi tahlil qilibsiz
ReplyDeleteRaxmat
DeleteZoʼr chiqibdi Shaxribonu🔥🔥🔥
ReplyDeleteRaxmat
DeleteYaxshi yozibsiz
ReplyDelete